Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi eng keksa senator vafot etdi
9.09.2020 14:35,  
527

Oliy Majlis Senati a’zosi, Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, jurnalist, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Sharap Usnatdinov 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Jurnalist, siyosatchi Sharap Usnatdinov 1942 yil Kegeyli tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tugatgan. Yozuvchi, jamoat arbobi «Kimga kech, kimga tong sahar», «So‘nggi ovchi», «Ko‘rganlarim, ko‘ngildagilarim», «Birinchi qoraqalpoq baletmeysteri», «Shoirning yoshligi» kabi roman va qissalar yozib qoldirgan.

Sharap Usnatdinov Nuroniy jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi sifatida uzoq yillar faoliyat yuritgan. U 2020 yil yanvarida o‘tkazilgan saylovlarda Senat a’zosi etib saylangan va yangilangan Senatning eng keksa a’zosi bo‘lgandi.

Xabarda marhumning o‘limi sababiga aniqlik kiritilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан