Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi eng qimmat avtoraqam Toshkentda sotildi
24.04.2021 11:57,  
830

Toshkentda chiroyli avtoraqam auksionda 441,5 mln so‘mga sotildi. Bu shu vaqtgacha O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat raqam bo‘ldi.

2021 yilning dastlabki uch oyida o‘zbekistonliklar chiroyli avtoraqamlar sotib olish uchun 62 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Bu chiroyli avtoraqamlar sotuvga chiqarila boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2018 yilning birinchi choragida 12,1 milliard so‘m, 2019 yilda 36,2 milliard so‘m, 2020 yilda 43,2 milliard so‘m bo‘lgan edi.

Bundan tashqari, bitta raqamning narxi bo‘yicha ham yangi rekord o‘rnatildi. Toshkent shahriga tegishli bo‘lgan raqam auksionda 441,5 million so‘mga sotilgan.

Ushbu raqam tarkibida 777 soni borligi aniq, qolgan son va belgilari oshkor qilinmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан