Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi haq-huquqsizlik zanjiri: davlat xizmatchilari va mulozimlar
1.10.2019 20:49,  
1155

Reyters agentligi O‘zbekistonda mulozimlar 15 soatlab ishlab, ish joylarida uxlab qolishlari haqida yozibdi. Majlislarda uxlayotgan deputatlar, mulozimlar – odatiy holga aylanib qolishdi.

O‘zbekistonda aksariyat davlat mulozimi va hatto xodimlar ham, ish vaqtini soat ertalabki 8:30-9:00 atrofida boshlab, kechki 9-10larda tugatishadi. Oilali mulozimlar, xodimlar ish kunlari bolalarini ko‘rmasligi odatiy holga aylangan.

Inson huquqlarini ta’minlanishi ham, buzilishi ham zanjirli reaksiyaga ega. Agar davlat mulozimlari, rahbarlar “biz shu ish vaqtiga, ish bosimiga sabr qilyapmiz, siz ham sabr qiling, yeki joyni bo‘shating!” deydigan bo‘lsa, davlat sektorida malakasizlar, boshqa imkoni bo‘lmaganlar, yeki o‘ta korrupsionerlar qoladi.

Sobiq Prezident Karimov odatda ishdan soat kechki 9-10larda qaytardi. Undan oldin, Prezident devoni, vazirlar mahkamasi, davlat boshqaruvi muassasalari rahbarlari, viloyat hokimlari va h.k.lar ishda o‘tirishardiki, “katta telefon qilib qolsa, ish joyida bo‘lishim kerak!” degan qarash bor edi. Ish samaradorligi muhim emas, ish joyida bo‘lish muhim! Muassasa va idora rahbarlari ishda o‘tirar ekan, ko‘pgina xodimlar ham ishda o‘tirishga majbur bo‘lishardi.

Afsuski, mana shu tafakkur, bugungi ikkinchi ma’muriyat davrida ham saqlanib qolyapti. Bu aytilmagan qoidani o‘zgartirish uchun, bir tomondan, davlat xodimlarining haq-huquqlarini himoya qilish, ularni moddiy himoyasini oshirish, ikkinchi tomondan, davlat xizmatchilarining samaradorligini oshirish kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonda byurokratiya tizimini samaradorligini oshirish –alohida dolzarb masala. Men g‘arbda davlat muassasalari, davlat va nodavlat tashkilotlarini ishlash usulini, tizimini qiziqish bilan kuzataman. Masalan, bu yerda xizmatchilar maxsus treninglardan o‘tishadiki, bir soatda, aytaylik 7-10ta odamni eshitish, ularni muammolarini tezda tushunish va eng to‘g‘ri yechim taklif qilish, muammoni hal qilish bo‘yicha treninglar o‘tishadi. Xodimlar nihoyatda tez yozishadi. “O‘zingiz yozib keling” yoki, “mana shuni yo‘lini topib, qilib keling” degan “tepib yuborishlar”ni nihoyatda kam uchratasiz.

Butun dunyoda, qonunlarda o‘rnatilgan haftalik maksimal ish soatlari bor. Masalan, Fransiyada bir haftalik ish soati – 35 soat. Undar ortiq, haftadagi har bir soatga ikki baravar haq to‘lash kerak bo‘ladi. Agar ish kechki 21:00 dan ertalabki 05:00gacha bo‘lsa, har soatiga qo‘shimcha 60% to‘lanadi. Bayram kunlari ishlasangiz, soatiga ikki, uch baravar haq to‘lashlari lozim bo‘ladi.

O‘zbekistonda mehnat kodeksiga amal qilinmayapti. Odatda har bir soha bo‘yicha mustaqil va kuchli kasaba uyushmalari ishlashi lozimki, ular o‘zlari mas’ul soha xodimlarni haqqini talab qilishlari lozim. Yaqinda Fransiyada politsiyachilar kasaba uyushmasi katta janjal ko‘tarib, hukumatdan bir necha million yevrolik qo‘shimcha haq undirib berdi. Kasaba uyushmani aytishiga ko‘ra, politsiyachilar har kuni qo‘shimcha 2-3 soatlab ko‘p ishlagan, lekin keyingi olti oyda ularga qo‘shimcha ish uchun pul berilmagan ekan.

Agar O‘zbekiston rivojlanmoqchi bo‘lsa, muammolarni aytish, eshitish va yechish kerak. Bu milliy boylik yaratish, aholi farovonligi va umummilliy xotirjamlik shakllantirishning yagona yo‘li hisoblanadi. Muammolarni ko‘tarilishi – davlatni zaiflashtirmaydi. Aksincha, muammolarni ko‘tarilishi va yechilishi – davlatni kuchaytiradi. Dunyodagi eng qudratli davlatlar va eng qudratli siyosatchilar – muammolari surunkali aytilayotgan va yechilayotgan davlatlar, va ularning rahbarlaridir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан