Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi har bir hudud havo ifloslanishini tezkor tahlil qiladigan mobil laboratoriyalar bilan ta’minlanadi
11.08.2020 11:51,  
138

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va xavfsizligini oshirish, ekologik osoyishtalikni ta’minlash, chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha 10 avgust kuni yig‘ilish o‘tkazdi.

– Chiqindi tizimini tartibga solish – hayotimiz, sog‘lig‘imiz uchun eng muhim vazifalardan biri. Bu inson salomatligi va xavfsizligi, millat kelajagi bilan bog‘liq dolzarb masala, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Muhokamada ekologik nazoratni kuchaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Ayrim zavodlar havoga me’yordan ortiqcha tashlanma chiqarib, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday holatlar fuqarolarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Shu bois Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga havo ifloslanishini tezkor tahlil qiladigan mobil laboratoriyalar bilan har bir hududni ta’minlash topshirig‘i berildi. Bosh vazir o‘rinbosariga atrof-muhitga yuqori va o‘rta xavfli 240 ta yirik sanoat korxonasida zamonaviy lokal tozalash inshootlarini o‘rnatish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyati hamda viloyat hokimlarining hisoboti eshitildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан