Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zbekistondagi haydovchilarni tayyorlash tizimi butunlay korrupsiya botqog‘iga botgan» — Komil Allamjonov Angrendagi YTHga munosabat bildirdi
25.05.2021 08:23,  
284

Angrenda yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ma’lum qilinishicha, 8 ta transport vositasi ishtirok etgan YTH oqibatida 7 kishi vafot etgan, 14 kishi jarohat olgan.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov o‘zining Telegram kanalida voqea haqida fikr bildirdi.

«Angrenda sodir bo‘lgan avariyani ko‘rib, yuragim ezilib ketdi. Deyarli har kuni matbuotda shunday holatlarni o‘qiymiz. Yiliga minglab odamlar halok bo‘lyapti. Aslida bu juda katta fojia», — deya ta’kidladi u.

Komil Allamjonov rasmiylarni mamlakatda avtohalokatlarning ko‘payib borayotganiga e’tibor berishga chaqirdi.

«Hukumat bu masalaga juda jiddiy ahamiyat berishi kerak, deb hisoblayman», — deb yozadi Allamjonov o‘z kanalida.

Komil Allamjonovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda haydovchilarni tayyorlash tizimi butunlay korrupsiya botqog‘iga botgan. U haydovchilik guvohnomasini pora yordamida yoki kerakli «qo‘ng‘iroq» bilan olish mumkinligini misol qilib keltirdi. Bundan tashqari, uning yozishicha, O‘zbekistondagi haydovchilarning 80 foizdan ko‘prog‘i yo‘l qoidalarini bilmaydi.

«Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish tashkilotlari agar bu masalaga jiddiy qaramasa, o‘limlar soni ortsa ortyaptiki, lekin kamaymayapti. Juda jiddiy, qat’iy nazorat kerak bu tizimga. Ahvol juda rasvo holatda», — dedi u.

Shuningdek, Komil Allamjonov o‘z obunachilaridan kichik so‘rovnoma o‘tkazishni so‘ragan.

«Keling, kichik so‘rovnoma o‘tkazib ko‘ring. Menga ishonmasangiz, atrofingizda haydovchilik guvohnomasi bor odamdan so‘rab ko‘ring, ‘prava’ni haqiqatda darslarga to‘liq qatnagan holda, o‘qib, tayyorgarlik ko‘rib, o‘z bilimi bilan imtihon topshirib, olganmikan yoki pul bilanmi? Aniq aytaman, o‘sha atrofingizdagi odamlarning kamida 80 foizi o‘z kuchi bilan olmagan bo‘ladi guvohnomani. Jiddiy alamli ohangda, nimalar deyapsiz, o‘ldim-qoldim pul bermaganman, desa ham kamida tanish-bilish va qo‘ng‘iroq orqali ishini hal qilgan bo‘lib chiqadi, ko‘rasiz!», — deydi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi.

Komil Allamjonov post xulosasida faqat ta’lim tizimini takomillashtirish bilan muammoni hal qilib bo‘lmasligini, uni yo‘q qilishga kompleks yondashuv bo‘lishi kerakligini yozib qoldirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан