Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi ikkita bankdagi davlat ulushi YeTTBga sotilishi mumkin
6.03.2020 18:05,  
332

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistondagi ikkita bank ulushlarini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda bankning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos matbuot anjumanida ma’lum qildi deb xabar beradi Spot nashri.

Drakinosning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot shu yo‘l bilan O‘zbekistondagi bank sektori xususiylashtirilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Xususan, YeTTB “Asakabank” va “Aloqabank” aksiyalarini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Hozirda Asakabankni har tomonlama huquqiy ekspertizadan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda, chunki bu xususiylashtirishga olib boradigan islohotlar uchun ustuvor yo‘nalishdir. Keyin Aloqabank o‘rganib chiqiladi.

Banklardan tashqari YeTTB barqaror infratuzilma, qayta tiklanadigan energiya loyihalari doirasida hamkorlik qilishni xohlaydi.

Hozirda hukumat keng ko‘lamli xususiylashtirish loyihasi ustida ishlamoqda. Loyihaga ko‘ra, 1115 ta davlat korxonasi to‘liq xususiylashtiriladi.

Hozirda “Asakabank” ATBning 95,9 % aksiyasi, AT “Aloqabank”ning 94,2 % aksiyalari davlat ixtiyorida va xususiylashtirish loyihasiga ko‘ra, 2025 yilga qadar ushbu ulush sotilib bo‘lishi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан