Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi 2021 yilda yakunlanadi.
9.01.2021 09:58,  
139

     Rossiyaning «USM Holdings Limited» kompaniyasi Toshkentdagi Islom madaniyat markazi qurilish ishlarini 2021 yilning oxirgi choragigacha tugatishni rejalashtirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 119 million dollarga teng. Bu haqida 2021-2023- yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturida ma’lum qilindi. Dasturga ko‘ra, Toshkent shahrining Olmazor tumanida qurilishi rejalashtirilgan loyihani Rossiyaning «USM Noldings Limited »kompaniyasi moliyalashtirmoqda. Qurilish ishlari 2019-2021 yillarda amalga oshirilishi belgilangandi. 2017 yili prezident Shavkat Mirziyoyev Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bo‘lib, mazkur markaz qurilish loyihasi bilan tanishgandi. Davlat rahbari markaz qurilishiga Alisher Usmonov ko‘mak berayotganini tashrif davomida ma’lum qilgandi. 2019 yil 5 dekabr kuni yangi qurilayotgan markaz hududida 150 kv.m. maydonida teploizolyasiya (penoplast) mahsulotlari     yongani haqida xabar berilgan. Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘indan yangi qurilayotgan binoga zarar yetkazilmagan.

     Ma’lumot uchun, 2017 yilda Islom sivilizasiyasi markazi direktori lavozimiga 2015 yildan Toshkent fransuz alyansi raisi sifatida ishlab kelgan Shoazim Minovarov tayinlangandi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi direktori Shoazim Minovarovning ma’lum qilishicha, markazning ma’muriy va asosiy binolarini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlarga homiylik qilayotgan tadbirkor Alisher Usmonov Islom sivilizasiyasi markaziga qiymati 8 million dollarga teng bo‘lgan 4 ming 923 nomdagi nodir kitoblar kolleksiyasini tuhfa qilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarini qo‘llab quvvatlash uchun 20 million dollar va tez tibbiy yordam xizmatida ishlayotgan xodimlarga to‘lanadigan bir martalik moddiy yordam uchun 10 million dollar ajratgandi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан