Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi kollej va texnikumlarga kirish uchun test sinovlari qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi
7.11.2021 12:17,  
139

O‘zbekistonda 10–20 noyabr kunlari kollej va texnikumlarga kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, yoshlar hamda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xodimlarni kasb yoki mutaxassisliklar egallashini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021–2022-o‘quv yilida kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

2021–2022-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni belgilangan qabul parametrlariga nisbatan tanlov ortgan kasb (mutaxassislik)larga Davlat test markazi tomonidan 2021 yil 10–20 noyabr kunlari test sinovlari tashkil qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан