Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi maktablarda 6 fanni birlashtirgan Science fani joriy etiladi
8.11.2020 12:45,  
370

Qayd etilishicha, bir qator rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimida tabiiy fanlar (biologiya, geografiya, kimyo, fizika) 1—6-sinflarda Science dasturi asosida o‘qitiladi.

Science fanlar ayni vaqtda o‘qitib kelinayotgan 1—2-sinfda «Atrofimizdagi olam», 3—4-sinflarda «Tabiatshunoslik», yuqori sinflarda esa 4 ta alohida fanlar, ya’ni geografiya, biologiya, fizika (6-sinfdan boshlab), kimyo (7-sinfdan boshlab) fanlarini o‘zida birlashtiradi.

«Tabiiy (Science) fanlarning afzalliklari va ahamiyati shundan iboratki, fan orqali o‘quvchi olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik ko‘nikmalari rivojlanadi. Natijada PISA, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyati kengayadi», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Xalq ta’limi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan Tabiiy (Science) fanlar bo‘yicha Milliy o‘quv dasturi loyihasi yaratilib, muhokama qo‘yilgan.

Avvalroq O‘zbekistondagi maktablarda 2021/2022-o‘quv yilidan jismoniy tarbiya darsi haftada 2 soatdan o‘tilishi xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан