Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston moliyaviy shaffoflikning minimum talablariga ham javob bermaydi – AQSh
17.06.2020 11:07,  
873

AQSh Davlat departamenti moliyaviy shaffoflik bo‘yicha 2020 yilgi hisobotini e’lon qildi.

AQSh hukumati Amerikadan moliyaviy yordam oladigan mamlakatlardagi fiskal shaffoflik darajasini o‘rganib, har yili hisobot chiqaradi. Unda xorijiy mamlakatlarda davlat byudjetiga oid ma’lumotlar qanchalik shaffof va aholi ko‘ra olishi uchun ochiq ekani, tabiiy zaxiralarni qazish uchun litsenziya berish tartibi qanchalik oshkora va qonuniy asosda o‘tkazilishi tahlil qilinadi.

AQSh Davlat departamentining moliyaviy shaffoflik talablarini bajarish uchun quyidagi ikki ma’lumot barcha uchun ochiq bo‘lishi kerak:

  • a) Milliy byudjetga oid barcha tushum va xarajat ma’lumotlari (vazirliklar kesimida);
  • b) Tabiiy boyliklarni qazib olishga oid shartnomalar va litsenziyalar qanday berilishi haqidagi ma’lumotlar.

2020 yilgi hisobotda o‘rganilgan mamlakatlar ro‘yxatida O‘zbekiston ham bor.

Hisobot xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston moliyaviy shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha salmoqli ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirgan, ammo Davlat departamenti qo‘ygan minimum talablarga hanuz javob bermaydi.

O‘zbekistonning yillik byudjeti va yil oxiridagi hisobot ommaga taqdim qilingan, ammo qarz majburiyatlari, xususan, hukumat tomonidan kafolatlangan davlat korxonalari qarzlari haqidagi ma’lumotlar hanuz jamoatchilikka ma’lum emas. Byudjet hujjatlarida xarajatlar vazirliklar va davlat idoralari kesimida ko‘rsatilmagan. Davlat korxonalari keltirayotgan tushumlar haqida ham ma’lumot yo‘q.

Bundan tashqari, tabiiy zaxira boyliklaridan olinayotgan tushumlar hamda hukumatning byudjetdan tashqari xarajatlari haqidagi ma’lumot taqdim etilmagan. Ijro hokimiyati idoralari xarajatlari uchun qancha sarflanishi bo‘yicha raqamlar byudjet hujjatlarida aks etmagan.

Shu kabi ma’lumotlar batafsil berilmagani uchun davlat byudjeti haqidagi raqamlarning qanchalik ishonchli ekanini aniqlash mumkin emas, deyiladi hisobotda.

Unda yana yozilishicha, O‘zbekistonning yillik byudjeti yuzasidan o‘tkaziladigan audit ma’lumotlari ham jamoatchilik uchun ochiq emas. Shuningdek, tabiiy zaxiralarni qazib olish uchun beriladigan shartnoma va litsenziyalar qanday asoslarda berilishi noma’lum, chunki buning tartibi qonunlarda aks etmagan, deyiladi AQSh Davlat departamenti hisobotida. Natijada zaxiralarni qazib olish huquqi kimga va qanday tartibda berilgani haqidagi ma’lumotlarni topib bo‘lmaydi.

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi fiskal shaffoflikni minimum talablarga javob beradigan holatga keltirish uchun hukumatga quyidagilarni tavsiya qiladi:

• Davlat qarzi majburiyatlariga oid ma’lumotlarni oshkor qilish;

• Xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni vazirliklar kesimida e’lon qilish, shuningdek, byudjet hujjatlarida davlat korxonalariga berilayotgan yordam va ulardan tushayotgan tushum ma’lumotlarini aks ettirish;

• Byudjet hujjatlarining ishonchliligini ta’minlash;

• Hukumat byudjetining ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan audit hisobotlarini belgilangan muddatda oshkor qilish;

Tabiiy boyliklarni qazish huquqi kimga va qanday tartibda berilishi bo‘yicha aniq mexanizm yaratish va amalda ularga rioya qilish;

• Tabiiy boyliklarni qazish bo‘yicha berilgan litsenziya va shartnomalar haqidagi ma’lumotlarni jamoatchilikka oshkor qilish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан