Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi rasmiy ishsizlar soni ma’lum qilindi
5.08.2020 12:24,  
399

AOKA huzuridagi shtabda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Rahimjon Mahkamov ishtirokida brifing muhim ma’lumotlar berildi:

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 13,2 foiz tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 9,1 foizga teng bo‘lgan. Ya’ni 4 foiz atrofida o‘sish mavjud.

Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 million 944 ming kishini tashkil etadi (ishsizlik darajasi: 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida — 20,1 foiz, ayollar o‘rtasida — 17,4 foizga teng).

Mehnat resurslari soni 19 million 84 ming 600 kishini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga ko‘paydi. Lekin iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga yoki 671 ming kishiga kamayib, 12 736,7 ming kishini tashkil qildi.

Ayrim cheklovlar sababli yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167,5 ming (yoki 46,4 foiz)ga kamayib ketgani bilan, 131,2 ming ishsizlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish hisobiga rasmiy bandlar soni keskin pasayishining oldi olindi.

Karantin davrida uyda o‘tirgan fuqarolar soni oshgani hamda fuqarolarning shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun subsidiyalar berish dasturi tufayli dehqon va shaxsiy tomorqalarda band bo‘lganlar soni 201,1 mingga ortgan.

Yanvar-iyun oylarida mehnat organlari tomonidan 588,2 ming ishsiz va band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatildi. Ulardan 159,9 ming 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, 229,4 ming ayollarimizdir.

501,1 ming nafar yurtdoshimiz doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirish va jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta’minlandi, 15 ming ishsizlar kasb-hunarga o‘qitildi, 27 ming ishsiz fuqaroga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 10,1 mlrd. so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан