Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi to‘y marosimida qatnashgan Qozog‘iston fuqarosida koronavirus aniqlandi
30.03.2020 17:53,  
1265

Qozog‘istonda 29 mart kuni koronavirus infeksiyasi qayd qilingan bemorlar orasida O‘zbekistondan qaytgan shaxs borligi ma’lum qilindi. Bu haqda TengriNews agentligi Olmaota viloyati hokimining axborot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha,1960 yilda tug‘ilgan ayol 26 mart kuni O‘zbekistondan qaytgan. U o‘zining 14 nafar qarindoshi bilan To‘rtko‘l tumanidagi qishloqlardan birida to‘yda qatnashgan.

Barcha shaxslar 27 mart kuni karantinga joylashtirilib, ulardan Covid-19 koronavirusiga test olingan. Koronavirus infeksiyasi yuqorida aytilgan ayolda aniqlanib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Hozirgi kunda Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni 280 kishidan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi vaqtida to‘y, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish taqiqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан