Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi turklar Sardoba uchun 78000 dollar o‘tkazdi
8.05.2020 18:54,  
337

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba to‘g‘on falokati tufayli og‘ir ahvolda qolganlarga yordam maqsadida O‘zbekistondagi turklar va turk tadbirkorlari, O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlar uyushmasi (UTID) va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida "Turkiyadan salomlar! Sardoba, Biz birgamiz!" deb nomlangan jamg‘arma falokatning dastlabki kunidanoq tashkil qilingan edi. 

Bugungi kunga kelib jamg‘armada 686 500 000 so‘m va 10 300 AQSh dollari miqdorida yordam puli yig‘ildi. Ushbu mablag‘ O‘zbekiston hukumati tomonidan Sardoba uchun ochilgan rasmiy hisobga o‘tkazildi. 

Ushbu aksiya davom etmoqda va kelgusida yig‘iladigan moddiy yordam takror e’lon qilinib, rasmiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. 

"O‘zbekistonda yashaydigan turklar har qanday vaziyatda har doim  O‘zbekistonlik birodarlarimizga dalda bo‘lishda davom etadilar", deyiladi Turkiya elxixonasi yuborgan xabarnomada.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан