Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi shaharlashuv jarayoni turg‘unligining sababi propiska tizimi – Jahon banki tadqiqotchisi
14.01.2020 17:01,  
388

Jahon bankining Kam ta’minlanganlik va tenglik bo‘yicha guruhining tadqiqotchisi Uilyam Seiz (William Seitz) tomonidan O‘zbekistondagi ichki migratsiya va arzon uy-joy bilan ta’minlanish holati bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqoti e’lon qilindi. 

Tadqiqot “O‘zbekiston Fuqarolarini Tinglash” so‘rovi asosida o‘tkazilgan bo‘lib, O‘zbekistondagi ichki migratsiya faolligiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlashga qaratilgan. 

Tadqiqotda qayd etilishicha, O‘zbekiston ichki migratsiya darajasi bo‘yicha dunyodagi eng past ko‘rsatkichga ega davlatlar qatorida bo‘lib (1,2%), urbanizatsiyalashuv jarayoni mamlakatda 2009 yildan buyon turg‘un holatda.

Buning asosiy sabablari sifatida 2 ta holat qayd etilgan:

  • huquqiy cheklov (propiska tizimi);
  • shaharlar va qishloqlardagi yashash xarajatlari o‘rtasidagi katta tafovut (davlatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan, masalan, Toshkent shahrida yashash 5,5 barobarga qadar yuqori).

Uning fikricha, mazkur holat saqlanib qolsa ko‘plab davlatlar tajribasi ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekistonda ishlab chiqarish va samaradorlik surati pasayib, aholining daromadi va ish bilan bandlik darajasi o‘zining potensialidan past holatda bo‘ladi.

Tadqiqotchi tomonidan yuqoridagi holatni bartaraf etish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi taklif etilmoqda:

- Singapur, Gonkong, Xitoy davlatlarda amalga oshirilgani singari katta miqyosda arzon ijara uylarini qurish orqali ijara uy-joy bozorini shakllantirish;

- Uy-joy sohasidagi investitsiyani ta’minlash uchun yerga bo‘lgan huquqni ta’minlash;

- Arzon uy-joy uchun ham taklif ham talab tomonidan targetlashgan subsidiyalar berish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан