Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondan Qozog‘istonga uchib borganlar uchun qanday cheklovlar mavjudligi aytildi
11.09.2020 18:14,  
510

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi Qozog‘istonga uchib keladigan parvozlar bo‘yicha amaldagi cheklovlarni e’lon qildi.

Bugundan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar rasman tiklandi

«Qozog‘iston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining 2020 yil 15 avgustdagi 48-sonli qaroriga binoan muntazam xalqaro qatnovlar uchun bir qator cheklov choralari o‘z kuchida qolmoqda.

Xususan, birinchi toifaga kiritilgan Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Gruziya, Tailand, Vengriya, Hindiston, Germaniya, Chexiya, Malayziya, BAA, Belarus, Turkiya, Misr, Ukraina, Niderland va Rossiyadan kelganlar termometriya va so‘rovnomalardan o‘tadilar.

Ikkinchi toifadagi Polsha, O‘zbekiston, Tojikistondan kelganlar termometriya va savolnomadan o‘tishadi.

Shuningdek, ushbu mamlakatlar fuqarolari so‘nggi 5 kun ichida topshirgan PZR testi natijalari manfiy bo‘lgan taqdirdagina Qozog‘istonga cheklovsiz kira olishadi. Sertifikat bo‘lmagan taqdirda, kelgan kundan boshlab 48 soat ichida laboratoriya sinovlari topshirishadi yoki 14 kun davomida karantinda bo‘lishadi.

Ayni paytda birinchi va ikkinchi toifadagi mamlakatlardan tashqari barcha mamlakatlar bilan muntazam parvozlar taqiqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан