Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonga AQSH va Germaniya kompaniyasi ishlab chiqargan vaksina keltiriladi
18.01.2021 13:55,  
116

Barchamizga ma’lumki, yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olishning eng samarali yo‘li bu — immunizatsiya, ya’ni sog‘lom insonlarni ushbu kasallikka qarshi emlashdir. 

“COVID-19” infeksiyasi bo‘yicha jahon tibbiyotidagi emlash samaradorligi bo‘yicha klinik izlanishlar, kasallik profilaktikasi, muloqotda bo‘lgan shaxslarni kuzatish, kasallikning laborator tashxisi va sifat nazorati, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha vaziyat, mahalliy vaksinani yaratish tajribasi,

O‘zbekistonda ilm-fan sohasida erishayotgan yutuqlar, ulardan amaliyotda foydalanish bo‘yicha xalqaro hamkorlik jarayonlari haqida  Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev SSV Matbuot xizmatiga ma’lumot berdi: 

— GAVI (“Emlash va immunizasiya bo‘yicha global alyans”) tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi COVAX (Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash mexanizmi)ga a’zo davlatlar qatoriga kiritilganligi ma’lum qilingan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan “COVID-19”ga qarshi vaksinani amaliyotga kiritish uchun mamlakatimiz aholisining 20 foizi miqdorida buyurtma tayyorlanib, COVAX fondiga yuborildi, — deydi B. Yusupaliyev.  

— Hozirda GAVI tashkiloti bilan hamkorlikda Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi Comirnaty vaksinasini O‘zbekistonga 100 ming doza miqdorida olib kelinishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Pfizer/Biotech vaksinasini yuqori sovuqlik zanjiriga jiddiy rioya etgan holda -70 ℃ haroratda saqlash talab etiladi. Yurtimizda -70 ℃ haroratni saqlaydigan muzlatgichlar mavjud va xozirgi kunda koronavirusga qarshi emlash jarayonini puxta rejalashtirish va tibbiyot xodimlarini maxsus xavfsiz immunizasiya shartlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazish, ayniqsa, vaksinator, reanimatologlar va boshqa tibbiyot xodimlarini tayyorlash ishlari boshlab yuborildi. 

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, yurtimizda 2-8 ℃  haroratga mo‘ljallangan sovuqlik zanjiri infratuzilmasi mavjud bo‘lib, bu tizim JSSTning barcha talablariga javob beradi va xavfsiz emlash amaliyotini kafolatlaydi.

Emlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida GAVI tashkiloti tomonidan 17 ta katta xajmdagi refrijeratorlar va 206 ta yuk tashuvchi miniven avtotransport vositalari taqdim etilib, yurtimizning har bir hududi va tumaniga yetkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан