Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonga Erondan iliq havo massalari kirib, harorat ko‘tariladi
25.01.2021 16:27,  
1201

Respublika Gidrometeorologiya markazi boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Oldingi hafta oxirida, sovuq ob-havoni vujudga keltirgan antitsiklonning sovuq pereferiyasi ta’siri pasaya boshladi.

Bugun va ertaga respublikaning barcha hududlarida kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, kunduz kunlari quyosh havo haroratini 3-8o iliqgacha ko‘taradi, kechalari esa 3-6o sovuq atrofida, ba’zi joylarda 8o sovuqgacha bo‘lishi saqlanib turadi.

Keyingi kunlarda respublika hududlariga Erondan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. 

Barcha hududlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat asta-sekin ko‘tariladi va haftaning oxiriga kelib kechalari 0-3o iliq, kunduz kunlari 12-15o iliq bo‘ladi, bu iqlim me’yorlaridan 4-6o ga yuqoridir.

25-27 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан