Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonga gripp va koronavirus vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan olib kirishga ruxsat berildi
26.09.2020 11:46,  
602

Avval xabar qilganimizdek, Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 22 iyuldagi 449-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida Hukumat qarori (582-son, 24.09.2020 y.) qabul qilindi.

O‘zbekistonga COVID–19 testlarini sertifikatlashtirmasdan import qilishga ruxsat berildi

Qaror bilan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxatiga COVID–19 ga antitana va antigenga ekspress testlar ham qo‘shildi.

O‘zbekiston hukumati vaksina sotib olishga mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga quyidagi dori vositalari qo‘shildi:

  • - gripp vaksinasi (O‘RVI);
  • - koronavirus vaksinasi (COVID-19);
  • - pnevmokokk vaksinasi;
  • - bariya sulfat;
  • - pankuroniya bromid/pipekuroniya bromid/atrakuriya besilat;
  • - sefepim-tazobaktam;
  • - nitroglitserin.

2021 yil 1 martga qadar COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan dori moddalari (substansiyalar) import qilinganda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

Shuningdek, tibbiy buyumlarini, dori vositalari va ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan dori moddalarini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va realizatsiya qilish muddati 2020 yil 1 oktyabrdan 2021 yil 1 martga qadar uzaytirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан