Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonga import qilinadigan ayrim xom ashyolar vaqtinchalik bojxona bojidan ozod qilindi
6.05.2020 18:51,  
762

Import qilinadigan ayrim xom ashyo va materiallar 2022 yil 1 yanvarga qadar bojxona boji to‘lashdan ozod qilindi. 

Ta’kidlanishicha, «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilingan.

Farmonga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paxta tolasining boshlang‘ich narxi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan kelib chiqqan holda sotuvchi tomonidan belgilanadi.

Shuningdek, mahalliy to‘qimachilik korxonalariga birja savdolarida 2020 yil 1 aprelga qadar milliy valyutada sotilgan paxta tolasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytiriladi. Farmon bilan import qilinadigan ayrim xom ashyo va materiallar 2022 yil 1 yanvarga qadar bojxona boji to‘lashdan ozod qilindi.

2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi.

O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021 yil 1 yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022 yil 1 yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023 yil 1 yanvardan 0,1 AQSh dollari, 2025 yil 1 yanvardan 0,2 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatlari tuzilmalarida belgilangan shtat birliklari doirasida to‘qimachilik sanoati masalalari bo‘yicha tuzilmalar tashkil etiladi.

Bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etiladigan import qilinadigan xom ashyo va materiallar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Shuningdek, farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 sentyabrga qadar jahon brendlarini jalb qilgan holda tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha 2021—2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya loyihalari tasdiqlanadi.

Bunda har bir yangi tikuvchilik-to‘qimachilik ishlab chiqarishi, qoida tariqasida, mashhur xalqaro brendlar mahsulotlarini realizatsiya qilish va kamida 1000 ta ish o‘rnini tashkil etishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан