Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonga Ispaniyadan «Afrosiyob» poyezdi olib kelindi
25.07.2021 19:15,  
142

«Afrosiyob»ning yangi harakat tarkibi Toshkentga yetkazildi, deya xabar bermoqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, iyul oyi boshida Ispaniyaning «Patentes Talgo S.L.U.» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Afrosiyob»ning yangi poyezdi Ispaniyaning Bilbao shahridan Toshkentga jo‘natilgan.

Dastlab, yangi poyezd maxsus yuk kemada 4000 km masofani bosib o‘tib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetkazilgan. U yerda harakat tarkibining barcha vagon va lokomotivlari yig‘ilib, yaxlit holatga keltirilgan.

Poyezd 20 iyul kuni temir yo‘l orqali O‘zbekistonga jo‘natildi. Rossiya va Qozog‘iston hududlaridan yana 4200 km masofani bosib o‘tib, 24 iyul kuni kechki payt Toshkentga yetkazildi.

«Eslatib o‘tamiz, ushbu rusumdagi poyezd O‘zbekistonda beshinchi bo‘lib hisoblanmoqda. Joriy yil yakuniga qadar yana bitta shu turdagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd keltiriladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston rivojlangan yuqori tezlikdagi temir yo‘l infratuzilmasiga ega bo‘lgan 20 dunyo mamlakatlari ro‘yxatidan o‘rin olgan bo‘lib, dunyoning yuqori tezlikdagi poyezdlari reytingi (Global High-Speed Train Ranking)ga kiritilgan Markaziy Osiyoning yagona mamlakati hisoblanadi», — deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, keltirilgan yangi poyezdning rasmiy taqdimot marosimi shu kunlarda, karantin cheklovlarining barcha me’yor va qoidalarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Avvalroq, poyezd 11 ta vagon va 2 ta lokomotivdan iborat ekanligi haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан