Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zbekistonga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman» – Prezident turkiyalik tadbirkorlar bilan uchrashdi
20.02.2020 16:25,  
292

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 fevral kuni Anqara shahrida Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashdi.

Prezident matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, tadbirda Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), “Gebze” uyushgan sanoat zonasi, “Ziraat” banki, “Zorlu xolding”, “Joshkunoz xolding”, “Ekzachibashi”, “Baykar”, “Dunyagoz”, “Kanimed saglik”, “Bau global”, “Xavelsan” kabi qator kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Foto: president.uz

Davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti bilan o‘tgan muzokaralarda biznes aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga kelishib olinganini ta’kidladi.

- O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas. Bugun mamlakatimizga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman. Buning uchun zarur huquqiy, institutsional sharoitlar yaratib beriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz har bir xorijiy tashrif chog‘ida ishbilarmonlar bilan uchrashadi. 2017 yili Turkiyaga davlat tashrifi paytida ham shunday bo‘lgan edi. 2018 yili O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari Toshkentda o‘tgan biznes anjumanda qatnashdi. Bular natijasida ishbilarmon doiralar o‘rtasida ishonch oshdi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik faollashdi.

Oxirgi yillarda o‘zaro savdo hajmi ikki barobardan ziyodga ortdi. Qo‘shma shirkatlar soni salkam mingtaga ko‘paydi. Transportda tashish ko‘lamlari jadal kengayib bormoqda.

Foto: president.uz

Uchrashuvda, shuningdek, kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng ko‘lamda amalga oshirish, savdo, innovatsiya, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, turizm, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni faol ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Turkiyalik ishbilarmonlar o‘tgan yili O‘zbekistonga borgani, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o‘zgarishlarga, odamlarda “islohotlar tafakkuri”ga guvoh bo‘lganini ta’kidladi. O‘zbekiston bozoriga kirish, hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanini bildirdi.

Foto: president.uz

Bugungi uchrashuvda O‘zbekiston bilan Turkiyaning vazirlik va kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, klinikalar va oliy o‘quv yurtlari tashkil etish bo‘yicha aniq loyihalar muhokama qilindi. Prezidentimiz bu rejalarni ma’qullab, mutasaddilarga tez fursatlarda amaliy ishlarga o‘tish, byurokratik to‘siqlarsiz ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан