Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonga olib ketilayotgan IVL apparatlar qozoq chegarachilari tomonidan tutib qolindi
28.07.2020 10:02,  
628

Qozog‘istondan O‘zbekistonga olib chiqilayotgan sun’iy shamollatish apparatlari chegarada qozoq bojxonachilari tomonidan tutib qolindi. Noqonuniy yuk Atameken bojxona postida ushlandi, deb xabar beradi "Tengrinews.kz" nashri Turkiston viloyati Davlat daromadlari boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib.

5 ta sun’iy shamollatish apparatlari O‘zbekiston fuqarolari tomonidan olib chiqishga urinilgan. Uskunalar uchta yuk mashinasi kabinasida tashilgan.

Ushbu fakt bo‘yicha barcha materiallar qo‘shimcha tergov tadbirlarini o‘tkazish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Hozirda Qozog‘istonda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham IVL apparatlarga bo‘lgan talab katta. O‘zbekiston SSV xabariga ko‘ra, hozirda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 9 710 nafar bemordan 215 nafari og‘ir, 81 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

SSV nechta bemor sun’iy shamollatish apparatiga ulangani haqida ma’lumot bermagan bo‘lsa-da, odatda ahvoli og‘ir bemorlar IVL apparatlarga muhtoj bo‘lishadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан