Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonga o‘zbek-xitoy vaksinasining 7-partiyasi keltirildi
30.06.2021 09:51,  
57

O‘zbekistonga bugun, 30 iyun kuni ham yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu ushbu vaksinaning O‘zbekistonga keltirilgan yettinchi partiyasi bo‘lib, xuddi shuncha miqdorda kecha, 29 iyun kuni ham keltirilgan edi. 

Bundan avval ZF-UZ-VAC2001 ning:

  • 27 martda — 1 million doza,
  • 27 aprelda — 1 million doza,
  • 18 mayda —  1 million doza, 
  • 19 mayda —  500 ming doza,
  • 10 iyunda — 1 million doza,
  • 28 (29 — tahr.) iyunda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 7,4 million dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 3,5 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан