Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi
23.04.2021 09:57,  
257

Bugun mamlakatimizga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi keltirildi. Vaksinani yurtimizga yetkazib berishda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi amaliy ko‘mak berdi.

Ta’kidlash joizki, fevral oyining o‘rtalarida O‘zbekiston N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasidan yurtimizda ommaviy foydalanish uchun sertifikatladi va tasdiqladi. Ushbu vaksinani sertifikatlash jarayoni ishlab chiquvchilardan kerakli hujjatlar, xususan, vaksina klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalarini olgandan keyingina boshlandi.

O‘zbekistonga aholini emlash uchun olib kelinadigan «Sputnik V» vaksinasining yarmini vatandoshimiz tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, bizning mamlakatimizda aprel-iyun oylarida 4 millionga yaqin fuqaro COVID-19ga qarshi emlash rejalashtirilgan edi. 2021 yil oxiriga kelib, bu ko‘rsatkich 7 millionga yoki mamlakat aholisining taxminan 20 foizigacha o‘sishi mumkin.

Bugungi kunda mamlakatimizda o‘zbek-xitoy va AstraZeneca vaksinalarining qo‘shimcha dozalarini olib kelish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан