Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonga Xitoydan navbatdagi elektrovoz keltirildi
2.03.2022 16:24,  
76

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli» UKga Xitoydan keltirilgan zamonaviy va yuqori quvvatga ega bo‘lgan yuk va yo‘lovchi  lokomotiviga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, uni sotib olish Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Lokomotivlarni sotib olish yo‘li bilan lokomotivlar parkini yangilash» loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Qayd etish lozimki, «Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli» UK tasarrufidagi temir yo‘l liniyalari tog‘li xududning murakkab relefiga ega bo‘lgan mintaqada joylashgan va ushbu sharoitda temir yo‘l tashuvlarini zamonaviy va kuchli elektrovozlar yordamisiz tasavvur qilish qiyin. Xitoy davlat xolding kompaniyasi CRRC Group (China Railway Rolling Stock Corporation - «Xitoy temir yo‘l kompaniyasi»)da O‘zbekiston iqlim sharoitlarini inobatga olib ishlab chiqarilgan elektrovozlar mana bir necha yildan beri o‘zini yaxshi tomonidan ko‘rsatib kelmoqda.

Yangi keltirilgan elektrovoz yuqori quvvatga ega 2 seksiyadan iborat 8 o‘qli yo‘lovchi va yuk elektrovozi bo‘lib, uning quvvati 9,600 kVt ni tashkil etadi. Uning quvvati tufayli lokomotiv barcha ob-havo sharoitlarida og‘ir yuklar bilan ortiqcha qiyinchiliklarsiz harakatlana oladi.

Texnik tavsifiga ko‘ra, mazkur turdagi lokomotiv tezlikni soatiga 120 km.gacha oshirishi mumkin. Har bir lokomotivning ishlash muddati – 40 yil.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан