Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 19 million 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
460 000 dozasi "Sputnik V",
986 480 dozasi AstraZeneca,
15 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 15 004 856 doza vaksinadan foydalanildi.
Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 2 123 460 nafarni tashkil qilmoqda.