Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonga yangi Airbus A320 Neo samolyoti keltirildi
5.01.2021 22:00,  
243

2020 yilning 31 dekabr kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" yangi Airbus A320 Neo samolyotini qabul qilib oldi. Bu haqida Capa Fleyet Databacye ma’lumotlar ba’zasiga tayanib Spot nashri xabar bermoqda.
 
Samolyot 138 o‘rinli ekonom-klass va 12 o‘rinli biznes-klass bilan jihozlangan. Shuningdek, bortda zamonaviy multimedia tizimlari va Internet majmuasi mavjud. Airbus A320 Neo yangi LEAP-1A dvigatellari va fyuzelyaj tarkibidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli avvalgilariga qaraganda 20 foiz tejamkor. Laynerlar oralig‘i 4,5 ming kilometrdan 6 ming kilometrgacha oshirildi.
 
Ma’lumot uchun, olib kelingan yangi Airbus A320 Neo "O‘zbekiston havo yo‘llari"ga qarashli mazkur turdagi uchinchi samolyot. Bundan avval, 2019 yil mart va aprel oylarida A320 Neo samolyoti keltirilgan edi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан