Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik aktyor Axmadboy sabab 3 xonali uyidan ayrilganini aytdi
11.09.2021 17:57,  
2518

Xabaringiz bor 2016 yilda O‘zbekiston tarixidagi yirik moliyaviy piramida asoschisi A.Tursunboyev qo‘lga olingan edi. U xalq orasida Axmadboy nomi bilan tanilgan. O‘shanda ushbu shaxsning moliyaviy piramidasi sabab mashhur artistlar ham “kuyib” qolgani aytilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, ana shunday jabrlanganlar orasida aktyor Mirolim Qilichev ham bor. Aktyor bu haqda "Daryo" nashriga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tgan.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u dastlab Axmadboyga ishonmagan. Lekin yaqinlari uni keyinchalik ko‘ndirishgan. O‘shanda Qilichev Axmadboyga Matiz avtomobilini bergan. Aktyor va’da qilingan pulni o‘z vaqtida olib turganini aytgan. Keyinroq Qilichev Kaptivasini ham bergan. Bundan ruhlangan aktyor o‘z yaqinlariga moliyaviy piramida asoschisiga narsalarini berishni taklif qilgan. Aktyor narsalari qaytib kelishiga shaxsan o‘zi kafolat bergan. Axmadboy qo‘lga olingach aktyor tanishlariga narsalarini o‘zi qaytarishga majbur bo‘lgan. Qilichev ularga pullarini qaytarish uchun uch xonali uyini sotishga va to‘ylarga chiqishga majbur bo‘lganini aytdi. U bunday yo‘l bilan o‘zini erkaklarcha harakat qilganini va va’dasida turganini aytgan. Aktyor shuningdek, tanishlariga bu vaziyatda zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaganini aytgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан