Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik qiz Moskvada jinsiy qullikdan qochishga muvaffaq bo‘ldi
5.03.2020 14:58,  
1393

Rossiya huquq-tartibot idoralari 18 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Dilshoda Yu.ning “bir necha oy davomida Moskvada jinsiy qullikka majburlangani” haqidagi arizasiga binoan tekshiruv o‘tkazyapti. 

Qizning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yil boshida u dugonasining taklifi bilan Moskvaga kelgan. Bu yerda unga do‘konda sotuvchilik qilishi haqida aytishgan. Ammo Dilshoda Moskvaga kelishi bilan uni fohishalik qilishga majburlashgan. Qizni Lyublino tumanidagi xonadonga olib borishgan va bir necha oy davomida erkaklarga pulli “xizmat ko‘rsatishi” uchun ushlab turishgan. 

Oradan ikki oy o‘tgach, qiz bu xonadondan qochishning uddasidan chiqqan, biroq oradan ko‘p o‘tmay fohishaxona tashkilotchilari uni topib olib, kuch bilan ortga qaytargan.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, bir nechta qizlar muntazam ravishda uni kaltaklab, oilasidagilarni o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilib, erkaklarga jinsiy “xizmat ko‘rsatish”ga majburlab kelgan. 

Qiz ikkinchi marta ham fohishaxonadan qochishga muvaffaq bo‘lgan va bu safar politsiyaga borib, ariza yozgan. 

Dilshoda Yu. Ko‘rsatgan manzilga borgan politsiya xodimalri u yerda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, 1990 va 2000 yili tug‘ilgan ayollarni qo‘lga olgan. 

Ayni holat bo‘yicha tekshiruv davom etayotgani aytiladi.     

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан