Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik ayollar Artvinda fohishalik qilgani uchun hibsga olindi
7.11.2019 12:03,  
999

Turkiyaning Artvin viloyati, Hopa tumanida Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston va Gruziya fuqarosi bo‘lgan ayollar fohishalik qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda 6 noyabr, chorshanba kuni Haberler axborot nashri ma’lum qildi.

Tarqatilgan xabarga ko‘ra ayollar so‘nggi sakkiz oy davomida shahardagi mehmonxonalar va tungi klublarda “ishlagan”.

O‘tkazilgan tezkor tergov amaliyotlari natijasida Artvin politsiyasi xodimlari fohishalikda ayblanayotgan 33 nafar yosh ayol va ushbu jinoiy biznes tashkilotchilarini qo‘lga olgan. Tergovda yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra bu shaxslar boshqa shaharlardagi fohishalik xizmatlarini tashkillashtirishga ham aloqador bo‘lishi mumkin.

Qo‘lgan olingan ayollarning 5 nafari o‘zbekistonlik, 20 nafari Gruziya, 4 nafari Qirg‘iziston, 3 nafari Rossiya va 1 ayol Ukraina fuqarosi.

Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan 33 ayoldan 12 nafarida teri-tanosil kasalliklari borligi aniqlangan.

Hozirda bu ayollar o‘z vatanlariga deportatsiya qilinishi uchun mintaqadagi muhojirlik boshqarmasida ushlab turilibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан