Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Boshqalarning yerini noqonuniy tortib olgan amaldorlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11.05.2020 22:49,  
148

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 11 may kuni bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi yalpi majlisda yer uchastkalarini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan bir qator kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ma’qulladi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jinoyat kodeksi «Yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibini bo‘zish» uchun javobgarlik belgilangan besh qismdan iborat 173−1-moddasi bilan to‘ldirilmoqda. Ushbu moddaning birinchi qismiga ko‘ra, yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibini buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 200 baravaridan 250 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy ishlar yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazo belgilash nazarda tutilmoqda.

Moddaning ikkinchi qismida esa javobgarlikni og‘irlashtirilgan holatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibini buzish — olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi bino, boshqa imorat, inshoot yoki dov-daraxtlar yoxud ularning qismlarini, zararning o‘rni mazkur mol-mulkning bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplamagan holda buzib tashlashga sabab bo‘lsa, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa, muayyan huquqdan cheklangan holda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Moddaning uchinchi qismida xuddi shunday harakatlar ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, aybdor 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va to‘rtinchi qismiga muvofiq, xuddi shunday harakatlar ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda yoki juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yuqorida qayd etilganidek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yer uchastkalarini olib qo‘yish uchun javobgarlik ko‘rsatilgan 61−3-moddasi bilan to‘ldirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан