Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik fuqaro Britaniyaning Moskvadagi elchixonasiga bostirib kirmoqchi bo‘ldi
23.08.2021 16:03,  
218

Ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 2021 yil 21 avgustda sodir bo‘lgan. Erkak elchixona panjarasi ustidan hujjatlarini tashlagan va yangi mamlakatga ko‘chib o‘tishi uchun yordam berishlarini aytib, baqirgan.

Ta’kidlanishicha, Moskvada na turar joyi, na ishi bor erkakning uzoq vaqt davomida majburiy muhojir ekani haqidagi hujjatni ololmagani uni g‘azablantirgan. Erkak ko‘p marotaba barcha tegishli organlarga murojaat qilgan, ammo natija bermagan va shuning uchun o‘zini shunday tutib, yordam so‘rashga qaror qilgan.

Hodisa oqibatida huquq-tartibot xodimlari erkakni qo‘lga olgan va politsiya bo‘limiga olib ketgan. Tergov jarayonida erkakning O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan. Hozirda hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан