Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik gimnastikachilar Jahon kubogida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi
17.04.2022 16:42,  
35

Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Yosh o‘zbekistonlik gimnastikachi Taxmina Ikromova ko‘pkurash, halqa va bulava mashqlarida oltin, tasmada esa bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu bilan Ikromovaning o‘zi ushbu musobaqada 3 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Ra’no Muhamedova va Nilufar Shomurodova qo‘l ostida shug‘ullanayotgan o‘zbekistonlik sportchilar dastlab ko‘pkurash dasturida, so‘ng 5 halqa mashqida kumush, 3 tasma va 2 to‘p dasturida esa oltin medalga ega chiqishdi.

“Shu tariqa, mazkur bosqichda terma jamoamiz 4 ta oltin, 2 ta kumush hamda 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi”, - deyilgan Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

Musobaqada Armaniston, Avstraliya, Ozarbayjon, Bolgariya, Kolumbiya, Britaniya, Gruziya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, Latviya, Yangi Zelandiya, Sloveniya, AQSh kabi davlatlar vakillari ishtirok etishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан