Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik olimlar koronavirusning «Britaniya shtammi»ni aniqlovchi test tizimi ustida ish olib bormoqda
26.01.2021 09:34,  
64

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Turdiqulova Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili Asushi Suda bilan muzokara o‘tkazdi.

Innovatsiyalarni O‘zbekiston davlat boshqaruvi va iqtisodiyotining real sektoriga joriy etish bo‘yicha vakolatli organ sifatida Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan Yaponiya bilan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vaziri birinchi o‘rinbosari vazirlik tomonidan koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi. Xususan, Xitoyning “Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinaning III faza klinik sinovlarini o‘tkazish jarayoni, koronavirusni aniqlovchi PSR-test tizimlari ishlab chiqarilayotgani, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga doir ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumotlar berdi. Mazkur tadqiqotlarni amalga oshirishda Yaponiyaning ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va kompaniyalari bilan hamkorlikka tayyorligini bildirib o‘tdi.

Sh. Turdiqulova Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan PZR-test tizimlarini yaratish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilib, ushbu markaz olimlari tomonidan COVID-19 virusining «Britaniya shtammi»ni aniqlovchi test tizimini yaratish ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi. Yaponiya elchixonasi vakillari ushbu tadqiqotlarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor yapon tashkilotlari va kompaniyalarini topishda amaliy ko‘mak berish masalasini ko‘rib chiqishiga kelishildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан