Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik olimlar SARS-CoV-2 koronavirusi shtammlari genini aniqladilar
18.05.2020 21:51,  
509

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari O‘zbekistondagi bemorlarda aniqlangan SARS-CoV-2 koronavirusining bir nechta shtammlarining DNK ketma-ketligini aniqladilar. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Birinchi bosqichda SARS-CoV-2 koronavirusining muhim tarkibiy geni bo‘lmish – N genning nukleotid ketma-ketligini aniqladik. Dastlabki tahlil shuni ko‘rsatdiki, nukleotidlar pozitsiyalaridagi genlar ketma-ketligi Uxanda aniqlangan koronavirus shtammining referent genomidan farq qiladi. Ma’lumotlarning qiyosiy tahlili esa SARS-CoV-2 koronavirusining ushbu turdagi mutatsiyaga ega shtammlari Yevropada ko‘proq uchrashini ko‘rsatdi", - deydi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori o‘rinbosari Alisher Abdullayev.

Shifrlangan nukleotidlar ketma-ketligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar xalqaro ma’lumotlar bazasi — Milliy biotexnologik axborot markaziga (NCBI) joylashtirilgan. Unda dunyoning turli mamlakatlaridagi turli organizmlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilik uchun ochiq tarzda saqlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан