Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik o‘quvchilar 54-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi
18.07.2020 23:25,  
127

Joriy yilda butun dunyoda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatni inobatga olib 54-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 13-18 iyul kunlari onlayn (masofaviy) tarzda o‘tkazildi.

Olimpiadada dunyoning 27 mamlakati jamoalari ishtirok etdi.

Olimpiadada O‘zbekiston sharafini 2018-2019 o‘quv yilida Respublika fan Olimpiadasida va qo‘shimcha respublika olimpiadasi g‘oliblari orasidan saralab olingan o‘quvchilar himoya qildi hamda umujamoa hisobida bronza medalini qo‘lga kiritdi:

Mirumid Mirakbarov (TPTI AL) (oltin medal)
Firdavs Sobirov (35-maktab Buxoro shahri) (bronza medal)
Dilshodaxon Isayeva (TPTI AL) (bronza medal)
Akobir Narzullayev (49-maktab Buxoro viloyati, Jondor tumani) (bronza medal)
Rustam To‘xtaboyev (TPTI AL)(bronza medal)
Sobirjon Omonov (TDAU AL) (bronza medal) 

Joriy yilda o‘quvchilar kimyoviy tajribalarisiz faqat ikkita nazariy bosqichdan o‘tdi.

Olimpiada Toshkentdagi Prezident maktabida sanitariya gigiyena hamda karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan olda tashkil etildi. 

Joriy yilning 25 iyul kuni O‘zbekiston terma jamoasi 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida qatnashishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан