Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik siyosiy qochoqni Qrimda qo‘lga olish operatsiyasi chog‘ida otib o‘ldirildi
16.05.2021 10:25,  
725

O‘zbekiston fuqarosi, Rossiyada siyosiy qochqin maqomida bo‘lib kelgan Nabi (Ayub) Rahimov 11 may kuni Qrimda, uni qo‘lga olish operatsiyasi chog‘ida otib o‘ldirildi.

Rossiya kuchishlatar tuzilmalari Qrimning Sovetskiy tumanidagi Zavetnoye qishlog‘ida o‘zbekistonlik siyosiy mahbus Nabi (Ayub) Rahimovni qo‘lga olish operatsiyasini o‘tkazdi. Operatsiya chog‘ida gumondor halok qilingan. Bu haqda «Krimskaya solidarnost» nashriga tayanib, Kun.uz xabar bermoqda.

Advokatga ko‘ra, kuchishlatar tuzilmalar Rahimovning oilasi yashaydigan uyda tintuv o‘tkazib, uning xotinini migratsiya bo‘limiga olib ketishgan. U yerda unga Rossiyada bo‘lish rejimini buzish bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.

«Kirishdi, oyim bilan salomlashishdi, keyin otam haqida so‘ray boshlashdi. Keyin uyni tintib chiqa boshlashdi. Ular kelganlarining sababini protokol oxiriga yozishdi, o‘qib berishdi, lekin men deyarli hech narsani tushunmadim. Bayonnoma nusxasini qoldirishmadi. Kimlardir kelib, pasportimizni ko‘rishdi va Sovetskiyga borish kerakligini aytishdi. Negaligini aytishmadi. Onamni olib ketishayotganda men ham birga borishimni aytdim. Singlim qo‘rqib ketdi», – deydi Rahimovning 15 yoshli o‘g‘li.

Qayd etilishicha, xodimlar Rahimovni uydan topa olmagach, Simferopol tumani Dubka qishlog‘idagi qurilishi bitmagan uy tomon yo‘l olgan. Qo‘shnilarga ko‘ra, u yerdan o‘q va portlash ovozlari kelgan. Voqea joyiga FXX, Tergov qo‘mitasi, IIVning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi va OMON mashinalari ham yetib kelgan. Keyinroq guvohlar marosim xizmatlari avtomobilini ham ko‘rishgan.

FXX gumondor qo‘lga olish chog‘ida qurolli qarshilik ko‘rsatganini ma’lum qilgan. Qrim prokuraturasi holat bo‘yicha tekshiruv boshlanganini bildirgan.

Qrim rahbari Sergey Aksenov marhum xalqaro terroristik tashkilotlar a’zosi sifatida qidiruvda bo‘lganini aytib, uning o‘ldirilishida ishtirok etgan kuchishlatar xodimlarga minnatdorlik bildirgan.

Ma’lumot uchun, 2010 yilda MXX Samarqand viloyat boshqarmasi Nabi Rahimovga nisbatan «Hizb ut-Tahrir»ga a’zolik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘agan va keyinroq unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Rahimov 2013 yilda Moskvada qo‘lga olingach, advokat yollab, agar ekstraditsiya qilinsa, O‘zbekistonda uni siyosiylashgan ta’qib va qiynoqlar kutayotgani, Moskvada esa noinsoniy sharoitlarda saqlanayotganini aytgan. U advokatlar orqali Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilgan, sud uning arizasini qanoatlantirib, ma’naviy zarar uchun uning foydasiga Rossiyadan 17 ming yevro kompensatsiya to‘lanishi lozimligi haqida qaror chiqargan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан