Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik talaba yaponiyalik o‘smirni qutqarib qoldi
24.04.2021 18:07,  
232

21 aprel kuni Yaponiya televideniyasida o‘zbekistonlik talaba Eldor O‘rinboyevning cho‘kib ketayotgan yaponiyalik o‘smirga yordam bergani haqidagi yangilik namoyish etildi.

Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoshinori Fujiyama butun O‘zbekiston xalqiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

«Men, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida, O‘rinboyevga o‘z hayotini havf ostiga qo‘ya turib Ginovan shahrining dengizida cho‘kib ketayotgan yapon o‘smirini qutqargani uchun chuqur minnatdorchiligimni izhor etaman», — dedi elchi.

«Oson deb o‘ylagandim, suvga tushganimdan keyin o‘zimga qutqaruvchi kerak bo‘lib qoladi, degan hayollar ha bo‘ldi», — deydi Eldor O‘rinboyev.

Elchi Yaponiyada cho‘kayotgan insonni qutqarishga uringan shaxslarning o‘zi bilan baxtsiz hodisa ro‘y bergan holatlar ko‘plab uchrashini aytdi.

«Garchi, O‘rinboyev tutgan yo‘l dengizga umrida birinchi marta tushgan inson hayoti uchun havfli bo‘lsada, uning ushbu hatti-harakati juda qadrli va ahamiyatlidir», — dedi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан