Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya OTMlaridagi kvotalar soni ko‘paytiriladi
23.12.2020 07:54,  
191

O‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya oliy ta’lim muassasalarida kvotalar sonini oshirish ustida ikki mamlakat rasmiylari ish olib bormoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev ma’lum qildi, deb yozmoqda «Yangi O‘zbekiston».

«Bo‘lib o‘tgan saralash kampaniyasida O‘zbekiston uchun hukumat kvotasining 228 ta o‘riniga 4 mingdan ortiq nomzod ariza topshirgan, bu esa kvotani oshirish zarurligidan dalolat beradi. Biz bu yo‘nalishda tegishli ishlarni amalga oshiryapmiz», — dedi Tyurdenev Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Elchining ma’lum qilishicha, bugungi kunda Rossiya OTMlarida 30 mingdan ziyod o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Umuman olganda, Rossiyada O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha xorijiy davlatlar orasida yetakchilik qilmoqda.

Shuningdek, Tyurdenev Rossiya OTMlarining O‘zbekistondagi filiallari tarmog‘ini izchil kengaytirish masalasiga ham e’tibor qaratdi. Xususan, yaqinda Toshkentda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) vakolatxonasi ochildi.

Elchi RUDN O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi kelishuvga asosan migrantlarni o‘qitish uchun qo‘shimcha umumta’lim dasturlarini olib borayotganini qayd etib o‘tgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан