Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik yigit rusiyzabon tiktokerlar reytingida birinchi o‘rinni oldi
13.10.2020 12:51,  
844

Forbes Rossiya ilk marotaba eng ko‘p daromad oladigan rusiyzabon tiktokerlar reytingini tuzib chiqdi. Buning uchun jurnal TikTok ijtimoiy tarmog‘idagi 50 ta eng mashhur foydalanuvchining sahifalarini o‘rganib chiqdi va 2019 yilning 1 iyulidan 2020 yilning 30 iyungacha qancha pul to‘laganini hisoblab chiqdi.

Ta’kidlanishicha, TikTok’dan tashqari taniqli bo‘lgan blogerlar, musiqachilar va taniqlilar – masalan, Klava Koka, Katya Adushkina hamda Maryana Ro kiritilmagan.

Reytingni tarmoqda 9,5 million obunachisi bo‘lgan 22 yoshli o‘zbekistonlik Rahim Abramov boshqarmoqda. Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yili uning TikTok’dagi daromadi 10,47 million rublni tashkil etdi.

Reytingning ikkinchi o‘rinini esa rusiyzabon eng mashhur foydalanuvchi – 21 yoshli tojikistonlik Dina Sayeva egallagan. Uni tarmoqda 16,4 million obunachi kuzatadi. U yil davomida 4,93 million rubl ishlab topgan.

Ro‘yxatning keyingi o‘rinida yil davomida 4,81 million rubl daromad qilgan, 6,5 million obunachiga ega belaruslik 23 yoshli yigit Aleksey Savko turibdi.

To‘liq reyting quyidagicha:

  • Rahim Abramov – 9,5 mln. obunachi, daromad – 10,47 mln. rubl;
  • Dina Sayeva – 16,4 mln. obunachi, daromad – 4,93 mln. rubl;
  • Aleksey Savko – 6,5 mln. obunachi, daromad – 4,81 mln. rubl;
  • Yuliya Gavrilina (Yulka Shpulka) – 7,2 mln. obunachi, daromad – 3,32 mln. rubl;
  • Valentina Karnauxova (Karnaval) – 9,1 mln. obunachi, daromad – 3,21 mln. rubl;
  • Danya Miloxin – 8,6 mln. obunachi, daromad – 2,87 mln. rubl;
  • Kirill va Artyom Verzakovlar – 6,9 mln. obunachi, daromad – 2,56 mln. rubl;
  • Anna Kalashnik (Xaxadetka) – 4,9 mln. obunachi, daromad – 2 mln. rubl;
  • Anya Pokrovskaya (Pokrov) – 7,1 mln. obunachi, daromad – 1,92 mln. rubl;
  • Diana Dmitriyeva (Aster) – 6,5 mln. obunachi, daromad – 1,44 mln. rubl.

2020 yil avgust oyida Amerikaning Forbes jurnali tiktokerlar birinchi global reytingini tuzdi. Uni bir yilda 5 million dollar ishlab topgan Eddison Rey Isterling boshqargan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан