Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonliklar 18 yoshni nikoh uchun erta deb hisoblashmoqda
18.05.2021 10:42,  
227

O‘zbekistonliklar 21-25 yoshni ham qizlar, ham yigitlar uchun oila qurishga eng yaxshi yosh deb hisoblashadi. Bu xulosa «Ijtimoiy fikr» Markazi o‘tkazgan tadqiqotlar natijalari orqali ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqotlarda respublikamizning barcha hududlarida, shahar va qishloq joylarida yashovchi 18 va undan katta yoshdagi fuqarolar, turli soha va tarmoqlarda band bo‘lgan turli ijtimoiy guruhlar vakillari ishtirok etishgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonliklar 21-25 yoshni ham qizlar, ham yigitlar uchun oila qurishga eng yaxshi yosh deb hisoblashadi. Boshqacha qilib aytganda, respondentlarning fikriga ko‘ra, yoshlarning nikohga kirish vaqtini kechiktirishlari ularga ma’lumot olish yoki kasb-hunar egallashga, moddiy mustaqil bo‘lishga imkon beradi.

Telefon so‘rovi, umuman olganda, erta nikoh odatda erta yosh orqali aniqlanishi haqidagi to‘g‘ri tasavvurni aniqlab berdi. Ayni paytda respondentlarning 18 yosh ham qizlar, ham yigitlar tomonidan nikoh tuzilishi uchun erta yosh hisoblanishiga ishonchlari komil.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda erta nikohlarning tarqalganligiga beriladigan baho ularning yuqori darajada tarqalganligidan (37,3%) kamroq darajada uchrab turishigacha (37,1%), faqat ayrim viloyatlarda (16,8%) yoki alohida holatlarda (1,5%) uchrab turishigacha bo‘lgan doirada o‘zgarib turadi va salbiy hisoblanadi. Respondentlarning fikriga ko‘ra, ayol uchun erta nikohga kirish va buning natijasida barvaqt homiladorlik va tug‘ish uning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, jumladan, qizlarga hayotning turli sohalarida o‘zini namoyon qilishi uchun imkoniyatlar va ta’lim olishni cheklaydi.

O‘tkazilgan so‘rov erta nikohlar sabablarini aniqlash imkonini berdi. Ular orasida: ota-onalarning o‘z farzandlari oilaviy hayotini tezroq yo‘lga qo‘yishga intilishi (48,1%), lozim darajadagi tarbiyaning mavjud emasligi va yoshlarning reproduktiv salomatlik masalalarida savodsizligi (25,9%), foydali nikoh hisobidan o‘zining moddiy ahvolini o‘nglash istagi (22,5%), rejalashtirilmagan homiladorlik (15,2%) va h.k.lar bor.

O‘zbekistonliklar erta nikohlarning salbiy oqibatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatishdi: ehtimoliy ajrimlar (49,6%), xotin-qizlarning reproduktiv salomatligi va bolalar salomatligiga salbiy ta’sir (44,8%), ehtimoliy maishiy zo‘ravonlik (19,5%) va hayotning turli sohalarida o‘zini namoyon qilish imkoniyatiga salbiy ta’sir (17,5%).

Tadqiqot davomida uning ishtirokchilari erta nikohlarning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish, o‘smir va yoshlarni erkak va ayolning o‘zaro munosabatlari, oilaviy hayot, reproduktiv salomatlik va uni saqlash usullari haqida xabardor qilish bo‘yicha ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish orqali erta nikohlar amaliyotining oldini olish zarurligi haqida fikr bildirishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан