Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonliklar chet elda dam olish uchun bir yilda qancha mablag‘ sarflayotgani aytildi
14.08.2020 19:13,  
464

Avval xabar qilganimizdek, prezident Shavkat Mirziyoyev 14 avgust kuni turizm salohiyatini kengaytirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.​

Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili yurtdoshlarimiz chet elda dam olish uchun 1 milliard 200 million dollar atrofida mablag‘ sarflamoqda. Buning asosiy sabablaridan biri O‘zbekistonda barcha talablarga javob beradigan zamonaviy turistik majmualar soni kam.

480 million dollarlik “Bildirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro kurorti tashkil etiladi

Shu maqsadda oxirgi yillarda respublikamizning barcha hududlarida, jumladan, Bo‘stonliq tumanida ham to‘liq tadbirkorlar mablag‘i hisobiga yirik loyihalar amalga oshirildi. Xususan, dunyo sayyohlari e’tiboriga tushgan “Amirsoy” majmuasi qisqa bir yarim yil ichida qurib foydalanishga topshirildi. Bu esa hududda yirik va jozibador loyihalarni amalga oshirish mumkinligini isbotladi.​

Bo‘stonliq tumani, xususan, Chorvoq suv ombori atrofidagi qishloqlarda yangi dam olish maskanlari quriladi. Bu bilan shu yerda yashayotgan aholini ish bilan ta’minlash maqsadi ham ko‘zlangan.​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан