Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonliklar ham foydalanib ko‘rgan Rossiyaning FaceApp dasturi AQSh xavfsizligiga tahdid soladi
3.12.2019 17:35,  
1008

Federal Qidiruv Byurosiga (FQB) ko‘ra, Rossiyada ishlab chiqarilgan har qanday ilova dastur, shu jumladan rasmlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan FaceApp ham AQSh uchun “ehtimoliy xavf” hisoblanadi.

FQB Nyu-York shtatidan saylangan senator Chak Shumerning FaceApp ilova dasturini tekshirish ko‘rish haqidagi so‘roviga aynan shunday javob bergan. Senator esa bu javobni o‘zining Tvitterdagi sahifasida nashr qildi.

“Bu ogohlantirishni oila va do‘stlarga ulashishga arziydi. Bu yil FaceApp dasturini millionlab odamlar ko‘chirib olgani uchun men FQBdan uning xavfsiz yoki yo‘qligi haqida so‘radim. Mana, yaqindagina FQBdan javob keldi”, deb yozgan Shumer.

Senator nashr qilgan jamvobda FQB Rossiyada ishlab chiqarilgan har qanday shu kabi mahsulotni “ehtimoliy aksilrazvedka tahdidi” deb baholashi aytilgan.

FaceApp dasturini Sankt-Peterburgdagi Wireless Lab kompaniyasi ishlab chiqqan bo‘lib, unga “Yandeks”ning sobiq xodimi Yaroslav Goncharov boshchilik qiladi.

Ushbu ilova dastur neyron tarmoqlar asosida ishlayb, kiritilgan fotosuratdagi yuzni “keksaytiradi” yoki “yoshartiradi”, turli xil soch turmaklarini “taqqoslaydi”; shuningdek, foydalanuvchi boshqa jinsga mansub bo‘lganida uning ehtimoliy ko‘rinishi “qanday bo‘lishi mumkinligini” taxmin qiladi.

Kompaniyaning bayonotiga ko‘ra, garchi asosiy tadqiqot va ishlab chiqarish guruhi Rossiyada bo‘lsa ham foydalanuvchilar kiritgan ma’lumotlar (ya’ni, rasmlar) Rossiyaga berilmaydi, rasmlarning katta qismi bulutli xizmatlarda qayta ishlanadi, keyin esa butunlay o‘chirib tashlanadi. Wireless Lab’ning qo‘shimcha qilishicha, foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar uchinchi shaxslarga ham berilmaydi.

Bir necha oy avval, yozning boshlarida FaceApp ilova dasturi o‘zbekistonliklar ichida ham keng ommalashgan, ko‘pchilik ijtimoiy tarmoq foydlanuvchilari “keksaygan”, “yoshargan” suratlarini o‘z sahifalariga joylashtirgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан