Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha reyslar ro‘yxati o‘zgartirildi
8.07.2020 18:01,  
693

Amalga oshirilayotgan charter reyslari bajarilishi muntazamligini ta’minlash, ushbu jarayonda uchuvchilar va bort kuzatuvchilarining xavfsizligini ta’minlash, ekipaj a’zolarini har bir reysdan so‘ng kuchaytirilgan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda navbatdagi reysga qadar o‘z-o‘zini izolyasiyalash, shuningdek, xorijiy davlatlar tomonidan parvozlarni amalga oshirishga qo‘yilayotgan vaqtinchalik cheklov choralaridan kelib chiqqan holda so‘nggi ikki haftaga rejalashtirilgan charter reyslari jadvali Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qayta ko‘rib chiqildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

6 – 19 iyul kunlariga belgilangan parvozlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

  • 6 iyul Seul – Toshkent – Seul (Asiana airlines)
  • 6 iyul Toshkent – Moskva – Toshkent (Uzbekistan Airways)
  • 7 iyul Toshkent – Istanbul – Toshkent (Uzbekistan Airways)
  • 8 iyul Toshkent – Seul – Toshkent (Uzbekistan Airways)
  • 8 iyul Minsk – Toshkent – Minsk (Belavia)
  • 10 iyul Seul – Toshkent – Seul (Korean airlines)
  • 12 iyul Sankt-Peterburg – Toshkent – Sankt-Peterburg (Rossia)
  • 13 iyul Seul – Toshkent – Seul (Asiana airlines)
  • 13 iyul Toshkent – Moskva – Toshkent (Uzbekistan Airways) 
  • 15 iyul Moskva – Toshkent – Moskva (Ural airlines)
  • 16 iyul Istanbul – Toshkent – Istanbul (Turkish airlines)
  • 16-17 iyul Toshkent – Nyu-York – Toshkent (Uzbekistan Airways)
  • 19 iyul Toshkent – Vladivostok – Toshkent (Uzbekistan Airways)

«Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan xorijiy davlatlardagi mamlakatimiz fuqarolarini O‘zbekistonga olib kelish maqsadida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda reyslar sonini sezilarli darajada ko‘paytirish choralari ko‘riladi» - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston xalqaro aviaqatnovlarni ikki baravarga qisqartiradi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан