Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonni dunyoning eng kuchli armiyalari reytingidagi o‘rni ma’lum bo‘ldi
12.02.2021 12:34,  
1162

AQShdagi xususiy Global Firepower tashkiloti tomonidan an’anaviy ravishda har yili e’lon qilinadigan dunyoning eng kuchli armiyalari ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston 139 ta davlat orasidan 51-o‘rinni egalladi.

«Gazeta.uz»ning reytingga tayanib yozishicha, O‘zbekiston armiyasining 420 tanki, 1215 ta zirhli transport vositasi mavjud. O‘zbekiston havo hujumidan mudofaa tizimida jami 194 ta parvoz texnikasi mavjud bo‘lsa, ularning 66 tasi hujumchi, 18 tasi transport, 7 ta mashg‘ulot samolyoti bo‘lsa, 89 ta vertolyoti (33 tasi hujumkor) bor.

Reytingda O‘zbekiston aholisining soni 30 million 565 ming kishi deb keltirilgan (1 yanvardagi aholi soni rasmiy ma’lumotlarda 34,5 mln kishi ko‘rsatilgan). Shundan 15,894 million kishi mehnatga, 13,35 million kishi harbiy xizmatga layoqatli deb ko‘rsatilgan. O‘zbekiston armiyasining muntazam harbiylari soni esa 70 ming nafarni tashkil etishi aytilgan.

Global Firepower O‘zbekistonning yillik mudofaa byudjeti 15 milliard dollarga tengligini va bu ko‘rsatkich bo‘yicha 139 davlat orasida 18-o‘rinda ekani qayd etilgan. Mamlakatning tashqi qarzi 16 milliard dollarni tashkil etadi.

Reytingning ilk uchta o‘rnini AQSh, Rossiya va Xitoy egalladi. Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Hindiston, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Germaniya o‘rin olgan.

Global Firepower reytinggi 55 ta ko‘rsatkich inobatga olingan holda tuziladi. Reytingni tuzishda geografik omillar, tabiiy zaxiralar, moliyaviy barqarorlik va mahalliy sanoatning rivojlangani ham ahamiyatga ega. Armiyalarning qudratliligini baholashda yadro quroli borligi, dengizga chiqishga ega bo‘lmagan davlatlarda flot yo‘qligi hisobga olinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston armiyasi ushbu reytingda 2019 yili 48-o‘rinni, 2018 yilda — 39-o‘rinni egallagan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан