O‘zbekistonning 3 ta hududida yuridik xizmatlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonning 3 ta hududida yuridik xizmatlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

«Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (561-son, 17.09.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari:

- yuridik shaxs hisoblanmaydi va tuman (shahar) adliya bo‘limlarining tarkibiy bo‘linmasi sifatida faoliyat yuritadi;

- viloyat adliya boshqarmalariga bo‘ysunadi;

- Namangan shahrida 5 ta, Marhamat tumanida 4 ta, Qarshi tumanida 3 ta shtat birliklaridan iborat bo‘ladi.

Bunda boshliq lavozimi tuman (shahar) darajasidagi davlat tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha lavozim razryadlariga ko‘ra – bosh yuriskonsult lavozimiga tenglashtiriladi.

- tegishli tashkilot yuridik xizmatlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.