Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari qanchaga tushmoqda?
2.02.2021 15:06,  
484
2-3 fevral kunlari futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Argentina bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuvlar "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi."Sport" telekanali o‘yindan oldin ushbu bahslarga oid lavha tayyorladi. Unda O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Aziz Haydarov Argentina bilan o‘yinlar qanchaga tushayotgani borasida ma’lumot berdi.
 
- Boshida agentlik bizga aytganida, ular o‘zlari yurtimizga uchib kelmoqchi edi. Lekin nima uchundir agentlik bu borada faollik ko‘rsatmadi. Ya’ni, avval Argentina O‘zbekistonga keladi va ular so‘ragan 20 ming dollar berilishi kerak edi. Biz rozi bo‘ldik. Keyin Argentina bilan rasmiy ravishda yozishganimizda bilsak, firma bilan Janubiy Amerika vakili o‘rtasida bunaqa muzokara deyarli bo‘lmagan ekan. So‘ng, o‘zimiz bu masalani boshqatdan o‘rgandik. Argentina tomoni chiptalarni olib berishimizni, mehmonxona, tashkilotchilik (jamoalarga avtobus, volontyorlik...) hamda terma jamoamizga ketadigan xarajatlarni qo‘shib aytganda, 1 milliard so‘mga yaqin pul ketmoqda. O‘ylaymanki, bu qilinayotgan ishlar terma jamoamiz va muxlislar uchun yangilik bo‘ladi. Bunaqa o‘yinlar jamoamiz yaxshi tayyorgarlik ko‘rishida katta hissa qo‘shadi, - dedi Aziz Haydarov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан