Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning ayrim hududlarida 10 noyabr kuni yomg‘ir yog‘adi
10.11.2021 08:46,  
203

«O‘zgidromet» xizmati 10 noyabr, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5 daraja, kunduzi 11–13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 11–16 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi 11–16 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 14–19 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 9–14 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja iliqdan -2 daraja sovuqqacha yetib, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан