Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zgidromet» O‘zbekistonning ayrim hududlarida bugun qor yog‘moqda
17.11.2021 08:43,  
209

«O‘zgidromet» 17 noyabr, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir qorga aylanadi. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, 12–17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 3–5 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 0 darajagacha pasayadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 10–12 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida changli bo‘ron bilan 23–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida changli bo‘ron bilan 23–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida changli bo‘ron bilan 23–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekun tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/sekungacha kuchayadi, ba’zida 23–28 metr/sekungacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан