Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning ayrim hududlarida 2 dekabr kuni yomg‘ir yog‘adi
2.12.2021 08:49,  
215

«O‘zgidromet» 2 dekabr, payshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 22-24 iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim viloyatlarda changli bo‘ron hamda chang g‘uborlari ko‘tarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim viloyatlarda changli bo‘ron hamda chang g‘uborlari ko‘tarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Ba’zi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim viloyatlarda changli bo‘ron hamda chang g‘uborlari ko‘tarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraj iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Ba’zi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim viloyatlarda changli bo‘ron hamda chang g‘uborlari ko‘tarilish kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraj iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан